«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so’ng murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirmoqchiligi haqida “The Sun” nashriga xabar berdi.
Hozir 36 yoshda dunyo futbolining eng yorqin yulduzi sifatida maydonga tushayotgan Ronaldu bir necha yildan so’ng aynan «Manchester Yunayted» klubining yoshlar jamoasiga murabbiy bo’lmoqchi. Uning bu qarorga kelishidan ko’zlagan maqsadi 11 yoshli o’g’lining katta futbolga qadam qo’yishiga murabbiy sifatida hissa qo’shishdir.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» safida to’rtta o’yinda maydonga tushib, o’z hisobiga to’rtta gol yozib qo’ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Izohlarni ko`rish