Ronaldu «Manchester Yunayted» mashg'ulotlarida ishtirok etmoqdaMANCHESTER, ENGLAND — AUGUST 03: (EXCLUSIVE COVERAGE) Anthony Elanga, Bruno Fernandes, Cristiano Ronaldo of Manchester United in action during a first team training session at Carrington Training Ground on August 03, 2022 in Manchester, England. (Photo by Ash Donelon/Manchester United via Getty Images)

Matbuot tomonidan faol ravishda boshqa jamoaga o’tishi aytilayotgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayni paytda «qizil iblislar» bilan mashg’ulot o’tkazmoqda.

37 yoshli portugaliyalik futbolchi Manchester jamoasining qolgan a’zolari bilan mashg’ulotlarda ishtirok etmoqda. Avvalroq matbuotda Ronaldu kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o’ynaydigan klubga o’tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o’tamiz, 7 avgust kuni «mankunianliklar» APLdagi ilk o’yinini «Brayton» bilan o’tkazishadi.

O’tgan mavsumda Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatida 30ta o’yin o’tkazib, 18ta gol urgan. Portugaliyalik futbolchi o’tgan yozda «Manchester Yunayted»ga qaytgandi.