Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Argentinaning jahon chempionligini qo’lga kiritganiga hech qanday munosabat bildirmadi.
37 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali so’nggi marta 11 dekabr kuni post qoldirgandi. Shundan buyon u «sukut» saqlamoqda.
Eslatib o’tamiz, Ronalduning azaliy raqobatchisi Messi Qatarda Mundial finalida 2ta gol urib, jahon chempionligini qo’lga kiritdi. U musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Portugaliya esa chorak finalda Marokashga yutqazib, turnirni tark etdi.
Krishtianu ayni paytda o’ziga yangi jamoa qidirmoqda. Hozircha futbolchi agentlarining harakatlari samara keltirmadi.
Izohlarni ko`rish