«Real»ning yana 2 futbolchisi koronavirusga chalindiReal Madrid’s Austrian defender David Alaba reacts during the UEFA Champions League football match between Sheriff and Real Madrid at Sheriff Stadium in Tiraspol on November 24, 2021. (Photo by Sergei GAPON / AFP) (Photo by SERGEI GAPON/AFP via Getty Images)

Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba va yarim himoyachi Isko koronavirusga chalindi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Ikkala futbolchi ham o’zini izolyatsiya qilishgan va «Atletik»ka qarshi Ispaniya chempionatining 19-tur uchrashuvini (22 dekabr) o’tkazib yuborishadi. Avvalroq, Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio, hujumchilar Garet Beyl va Rodrigo Goes, shuningdek, darvozabon Andrey Lunin ham koronavirusga chalingan edi.

Joriy mavsumda 29 yoshli Alaba barcha turnirlarda 23 ta o’yin o’tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 29 yoshli Isko esa yetti uchrashuvda bitta gol muallifi bo’ldi.