«Real» finalda «Liverpul»ni mag'lubiyatga uchratib, Chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi

Evropa Chempionlar ligasi final uchrashuvi o’z poyoniga yetdi.

Unda Madridning «Real» klubi Angliyaning «Liverpul»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:0 hisobida madridlik futbolchilarning g’alabasi bilan yakunlandi. Bellashuvdagi yagona gol Vinisius Junior hisobiga yozildi.

Shu tariqa, «Real» o’z tarixida 14-marotaba Yevropa Chempionlar ligasi g’olibligini qo’lga kiritdi.

EChL. Final
Liverpul — Real 0:1
Gol: Vinisius (59).