“PSJ” yangi bosh murabbiy kerak

“RMC Sport” xabariga ko’ra, parijliklar Kristof Galtier bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmayapti. Klub bir ovozdan Zinedin Zidanni ajoyib nomzod deb hisoblaydi, ammo u bilan kelishish qiyin bo’ladi.

 

Yulian Nagelsmann nomzodi ham ko’rib chiqilmoqda. Agar u yozgacha ishga joylashmasa, parijliklar u bilan bog’lanishlari mumkin, ammo hozircha bu sodir bo’lgani yo’q.

 

Tajribali murabbiylar orasida Antonio Konte, Luis Enrike va hozirda “Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourinolar ham bor. Bu murabbiylar ham mavsum yakuniga qadar klubda paydo bo’lishlari dargumon.