«PSJ» Neymarni tekinga qo'yib yuborishga tayyor

«PSJ» rahbariyati braziliyalik hujumchi Neymarning transferi haqida o’ylamoqda. Le Parisien jurnalistlarining yozishicha, Parij giganti yulduz futbolchisini boshqa klubga tekinga qo’yib yuborishi mumkin. Shunday qilib, Liga 1 chempioni maoshini tejashni istaydi.

Avvalroq, 31 yoshli janubiy amerikalik futbolchiga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. “Aristokratlar» joriy mavsum yakunida futbolchi uchun kurashishga tayyor.

Neymar parijliklar safida 2017 yildan beri o’ynaydi. U 222 million yevro evaziga Kataloniyaning “Barselona” klubidan “PSJ”ga o’tgan edi. Umuman olganda, braziliyalik fransuz klubi safida 172 ta o’yin o’tkazib, 117 ta gol urgan va 76 ta golli uzatmani amalga oshirgan.