“Paxtakor” O'zbekiston Superligasi-2021 chempioniga aylandi

Toshkentning “Paxtakor” klubi muddatidan oldin O’zbekiston Superligasi chempionligini qo’lga kiritdi.

“Sherlar” 22-turida “Qizilqum”ni o’z maydonida 4:2 hisobida mag’lubiyatga uchratdi hamda ochkolari sonini 54taga yetkazib oldi. Shu tariqa, “Paxtakor” muddatidan oldin chempionligini qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” ketma-ket uch yildirki, mamlakat chempionligini qo’lga kiritmoqda. Bu klubning 14 chempionligi hisoblanadi.