2 ta kumush va 1 ta bronza: O’zbekiston sambochilari Qozondagi turnirda munosib ishtirok etdi.
Qozon shahrida o’tkazilgan sambo bo’yicha “Tatariston Respublikasi prezidenti kubogi” xalqaro turnirida O’zbekiston sambochilari ham munosib ishtirok etishdi va respublikaga uchta medal bilan qaytib kelishdi.
-79 kg vazn toifasida O’zbekiston sharafini himoya qilgan Firdavs Xojimamatov finalgacha yetib bordi va kumush medalga sazovor bo’ldi.
-98 kg vaznli sambochi Ne’mat Yoqubov ham musobaqaning kumush medali egasiga aylandi.
Jangovar sambo bahslarida esa -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan San’at Ismanov bronza medali bilan qaytib keldi.
Musobaqada dunyoning 15ta davlatidan 207 nafar sportchi sovrinli o’rinlar uchun kurash olib borishdi.