Ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida og’ir atletika bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tmoqda.
Musobaqaning uchinchi kungi bahslari O’zbekiston uchun omadli kechdi.
Gap shundaki, O’zbekiston o’smirlari og’ir atletika bo’yicha jahon chempionatida yana 4 medalni qo’lga kiritdi.
Turizm va sport vazirligining qayd etishicha, dastlab, musobaqada -61 kg vazn toifasida Madinabonu Jo’rayeva ikkikurash natijasiga ko’ra, umumiy 179 kg natija qayd etib, 5-o’rinni qo’lga kiritgan.
-71 kg vazn toifasidasidagi siltab ko’tarish mashqida esa O’zbekistonlik Sevinchoy Komilova 111 kg natija qayd etib, 3-o’rinni egalladi va terma jamoa hisobiga bronza medalini qo’shib qo’ygan.
Nigora Suvonova ham siltab ko’tarish maqshlarida ham ajoyib natija qayd etgan. U 114 kg natija bilan kumush medal sohibasiga aylandi.
Shuningdek, u dast ko’tarishda eng yuqori natijasi 92 kg shtangani o’ziga bo’ysundirib, yana bir kumush medaliga sazovor bo’lgan.
E’tiborlisi, ikkikurash natijasiga ko’ra ham Nigora ikkinchi o’rinni band etib, jahon chempionatidan 3ta medal bilan qaytadigan bo’ldi.