Bugun O’zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida bosqichida Eronga qarshi bahs olib bordi.
Eronning 1-daqiqadagi goli bilan boshlangan o’yinda umumiy hisobda 17 ta gol kiritildi. Uchrashuvning birinchi bo’limida 4:3 hisobida Eronning qo’li baland keldi.
Ikkinchi 20 daqiqalikda ham Eron tezkor gollar bilan boshladi. O’z navbatida O’zbekiston ham forslarning gollariga javob qaytarishdan to’xtamadi. Biroq o’yin yakuniga Bahodir Ahmedov shogirdlari o’ynovchi darvozabon bilan harakat qildi va qarshi hujumlarda jazolandi. O’yin yakunida Eron 9:8 hisobidagi g’alaba qozondi.
O’zbekiston JCh—2021 guruh bosqichida Gvatemala, Rossiya va Misr bilan bir guruhdan joy olib, ikkinchi o’rin bilan plef-off bosqichiga yo’l oldi. Eron endilikda yarim finalga chiqish uchun Qozog’iston bilan bahs yuritadi.