Ayni kunlarda Braziliyada kar-soqov sportchilar o’rtasida Surdo Olimpiadasi o’tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan o’zbek taekvondochilari dastlabki kun dasturida 2 ta bronza medaliga sazovor bo’lishdi.
Bu haqda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, dayanga chiqqan 4 nafar O’zbekiston vakilalari orasidan Dilbar Tojiboyeva (-49 kg) hamda Go’zal Eshmirzayeva (-57 kg) musobaqada yarim finalgacha yetib borgan va shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarilgan.
Ma’lum qilinishicha, bugun yana 4 nafar O’zbekiston taekvondochisi bahs olib boradi.
Izohlarni ko`rish