O'zbek sportchisi Avstraliyada o'tayotgan musobaqada kumush medalga sazovor bo'ldi

O’zbekiston yengil atletikachisi Roksana Xudoyorova Avstraliyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda. U bugun yana bir yo’nalishda medal qo’lga kiritdi.

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi xabariga ko’ra, Tokio-2020 ishtirokchisi Roksana bu gal uzunlikka sakrash dasturida qatnashib, kumush medalga sazovor bo’ldi. U musobaqada 6.12 m natija qayd etgan.

Eslatib o’tamiz, Xudoyorova kecha uch hatlab sakrash dasturida 13.60 m ko’rsatkich bilan oltin medalni qo’lga kiritgan.