O’zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatini 8 ta medal bilan yakunlashdi.
Sport kurashlari bo’yicha kattalar o’rtasidagi qit’a birinchiligi Mo’g’uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida bo’lib o’tdi.
Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov yunon-rum kurashi bo’yicha kumush medalni O’zbekiston terma jamoasiga taqdim etishdi.
Jasurbek Ortiqboyev, Muhammadqodir Rasulov, Mo’minjon Abdullayev, Jasmina Immayeva, Abbos Rahmonov va Bobur Islomovlar esa “bronza” bilan kifoyalanishdi.
Izohlarni ko`rish