Janubiy Koreyada navbatdagi o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazayotgan O’zbekiston milliy terma jamoasi Kamerunga qarshi bahsda 2:0 hisobida g’alaba qozondi.
Dastlab 25-daqiqada Hojimat Erkinov Eldor Shomurodov uzatmasidan unumli foydalanib, bo’sh qolgan darvozaga to’p kiritdi.
Ikkinchi bo’limning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Oston O’runov gol urdi. Unga Odiljon Hamrobekov assistentlik qildi. Yakuniy hisob – 2:0.
Izohlarni ko`rish