Oksana Chusovitina yana tengsiz deb topildi

Misrning Qohira shahrida sport gimnastikasi bo’yicha Jahon kubogining 4-bosqich bellashuvlari nihoyasiga yetdi.

Ushbu bosqich bahslaridan so’ng yo’nalishlar bo’yicha mavsumning eng yaxshilari e’lon qilindi. Unda o’zbekistnlik Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida eng yaxshi sportchi deb tan olindi.

Chusovitina bundan avval Kotbus va Doha bosqichlarida bronza, Bokuda esa kumush medalni qo’lga kiritgan edi.