Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo'ldi

O’zbekistonlik atlet Bokuda o’tayotgan Sport gimnastikasi bo’yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichida tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo’lga kiritdi.

Hakamlar Oksananing chiqishini 13.433 ball bilan baholadi. Bundan oldingi bosqichlarda u bronza medallarini qo’lga kiritgandi.

Tayanib sakrash (ayollar):

🥇Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683
🥈Oksana Chusovitina (O’zbekiston) – 13.433
🥉Linmin Yu (Xitoy) – 13.383