Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo’yicha jahon chempionati o’z yakuniga yetdi.
Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Hamidova 1/4 finalda Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Ammo keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o’rniga Navbahor yarim finalchi sifatida qayd etildi.
Shu tariqa, bokschi qizlarimiz ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashdi.
Izohlarni ko`rish