Fransiyaning «PSJ» klubi o’zining yulduz hujumchisi Lionel Messidan ayrilishi mumkin.
«El Chiringuito TV» xabariga ko’ra, 34 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum yakunida fransuz grandini tark etish niyatida.
Messi faoliyatini qaerda davom ettirishni rejalashtirayotgani hozircha noma’lum. Avvalroq OAVda hujumchi MLS (AQSh chempionati) klublaridan biriga o’tishni o’ylashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Messi 2021 yilning yozida parijliklar safiga qo’shildi. U «PSJ» bilan ikki yillik shartnomani imzolagan.
Futbolchi fransuz klubiga tekinga tushgan edi. Chunki uning Ispaniyaning «Barselona» klubi bilan shartnomasi 2020/2021 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetdi va jamoa moliyaviy muammolar tufayli u bilan hamkorlikni davom ettira olmasligini bildirdi.