Messi faoliyatidagi 57-xet-trigini qayd etdiSANTIAGO DEL ESTERO, ARGENTINA — MARCH 28: Lionel Messi of Argentina takes a throw in during an international friendly match between Argentina and Curaçao at Estadio Unico Madre de Ciudades on March 28, 2023 in Santiago del Estero, Argentina. (Photo by Daniel Jayo/Getty Images)

Argentina terma jamoasi Kyurasao terma jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazdi. Janubiy amerikaliklar 7:0 hisobida ishonchli g’alabani tantana qilishdi. Lionel Messi raqib darvozasiga 3 ta gol urdi.

Qayd etish joiz, bu 35 yoshli to’purarning faoliyatidagi 57-xet-trikki bo’ldi.

Kechagi gollar evaziga Messi terma jamoa miqyosda kiritgan gollari soni 100 tadan oshib ketdi. Ayni paytda Lionel hisobida 102 ta gol bor. Bu ko’rsatkich bo’yicha u jahon futbolida faqat Krishtianu Ronaldu (122) va Ali Dayi (109)dan keyin uchinchi o’rinni egallab turibdi.