Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashish yoki qatnashmasligini o’zi hal qilishini aytdi.
«Qaror Leoning o’zi tomonidan qabul qilinadi. Agar jismoniy jixatdan tayyor bo’lsa, u turnirga boradi. Agar sizda Messi bo’lsa, bu aniq ustunlik beradi.
U bilan birga o’ynagan inson sifatida aytishim mumkinki, unga murabbiylik qilish ajoyib. Qolgan futbolchilarni u qanday boshqarayotganini ko’rib turibman. Leo – eng zo’ri», – dedi Skaloni GOAL portaliga.
Izohlarni ko`rish