Messi 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi

IFFHS tashkiloti 2022 yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, «PSJ» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi birinchi o’rinni egalladi.

«PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ikkinchi, «Real» hujumchisi Karim Benzema uchinchi o’rinda.

IFFHS ma’lumotlariga ko’ra 2022 yilning eng yaxshi 5 futbolchisi:

Lionel Messi (PSJ) – 275 ochko.
Kilian Mbappe (PSJ) – 35 ochko.
Karim Benzema («Real Madrid») – 30 ochko.
Luka Modrich («Real») – 15 ochko.
Erling Xoland («Manchester Siti») – 5 ochko.
Eslatib o’tamiz, 2020 va 2021 yillarda Robert Levandovski IFFHS tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.