Mbappening maoshi yana oshadi

“PSJ” va hujumchi Kilian Mbappe o’rtasidagi kelishuv tafsilotlari ma’lum bo’ldi. “Le Parisen” nashrining xabariga ko’ra, fransiyalik hujumchi parijliklar safida uch yillik shartnomada doirasida 630 million yevro olishi mumkin. Bu esa uni tarixdagi eng ko’p maosh oluvchi sportchiga aylantiradi.

Mbappe “PSJ” bilan shartnomasi bo’yicha har bir mavsum uchun 200 million yevrodan ko’proq maosh oladi. Katta shartnomaga qaramay, yaqinda OAVda Mbappe va Parij klubi rahbariyati o’rtasidagi mojaro haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi. Yozgi transfer oynasida yirik xaridlarning yo’qligi kelishmovchilikning asosiy sabablaridan biri qilib ko’rsatilgan.

Zamon — LIVE (https://t.me/zamonrasmiy) | ZAMON.UZ | NOVOSTI (https://t.me/zamonuzru) | ZAMON.UZ | NEWS (https://t.me/zamonuzeng) | Instagram (https://www.instagram.com/zamon.uz/)