Mbappe ayni damda dunyoning eng zo'r futbolchisimi? Murabbiy javob berdi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham hujumchi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

– Mbappe ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisimi?
– Men sub’yektivman, chunki fransuzman va uning murabbiyiman, lekin javob aniq – ha.
Kilian ushbu jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko’rgan. Garchi, u deyarli bir soat yaxshi o’yin o’tkazmagan bo’lsada, boshqa taniqli futbolchilar singari o’yinning borishini istalgan vaqtda o’zgartira oladi», – dedi murabbiy.

Eslatib o’tamiz, Kilian ayni damda 5 ta gol bilan mundial to’purari bo’lib turibdi.