Murabbiy APL doirasida “Arsenal”ga qarshi kechgan o’yindagi g’alabadan keyin jamoani tark etishini ma’lum qildi. Shu tariqa Kerrik jamoaning yangi ustozi Ralf Rangnik shtabida ishlamaydi.
Angliyalik mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilgach, jamoani vaqtinchalik boshqarib turgandi.
Kerrik 2006—2018-yillar mobaynida “Yunayted”da to’p surgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan keyin avvaliga Joze Mourinyo, keyinchalik Sulsher shtabida ishladi.
Shu tariqa, Kerrikning Manchesterdagi 15 yillik hikoyasi hozircha yakunlandi. Kerrik ajoyib natijadan keyin o’z qarorini e’lon qildi, chiroyli ketdi.
Izohlarni ko`rish