Marselo, to'p va sotuvchi

“14 yoshimda onamdan futbol to’pi sotib olib berishni so’radim. Onam esa menga: “Marselo bizda buning uchun umuman pul yo’q” deb javob berdi.

 

Shundan keyin men sport anjomlari sotiladigan do’konga bordim. Sotuvchiga qarata: “Janob, menga futbol to’plaringizdan birini soting, faqat pulini professional futbolchi bo’lganimda to’layman”, — dedim.

 

U esa menga kulib qo’ydi va menga bitta to’p berdi: “Marselo, kelajakda to’lashni unutma”, — dedi sotuvchi.

 

Vaqtlar o’tdi. Marselo katta bo’ldi, professional futbolchiga aylandi va sotuvchining gapini unutmadi…