Bundan qariyb bir yil avval, 60 yoshida afsonaviy sobiq futbolchi va murabbiy Diego Armando Maradona olamdan o’tgandi. Unda surunkali yurak yetishmovchiligi bor edi.
«Afsuski, Diego uni vayron qilgan hamma narsaga qaram edi. Lekin hamma narsaga qaramay, boshqa ko’pchilik odamlar ancha oldinroq vafot etgan bo’lardi», – deydi shifokor va yozuvchi Nelson Kastro.
Shuningdek, erkak futbolchining jasadi yuraksiz dafn etilganini aytib, dahshatli voqeani aytib berdi.
«Ximnasiya La-Plata» klubining (Maradonaning so’nggi jamoasi) bir guruh radikal futbol ishqibozlari Diego dafn etilganidan keyin uning yuragini olib tashlamoqchi bo’lishdi. Ammo bu sodir bo’lmadi, chunki yurak organni o’rganish, o’lim sabablarini tushunish uchun avvalroq olib tashlangan», dedi u.
Maradonaning yuragi boshqa odamlarning oddiy yuragidek emas edi.
«Uning og’irligi 500 gramm edi, bu juda ko’p, odatda yurak 300 gramm og’irlikda bo’ladi. Garchi odatda sportchilarda bu organ boshqalarga qaraganda ko’proq bo’lsa-da, buning sababi ham yurak yetishmovchiligidir», – dedi Kastro El Trece nashriga.
Kelasi oy Diego Maradona xotirasiga bag’ishlab uning sobiq ikki klubi – «Barselona» va «Boka Xuniors» o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.