Xabaringiz bor, bokschimiz Abdumalik Xalakov jahon chempionatida kumush medalni qo’lga kiritdi.
Umidli bokschimiz final jangidan so’ng «Instagram» sahifasida post qoldirdi.
«Kumush medal! Albatta, jahon chempionatiga faqat oltin medal uchun kelgandim. Ammo, Yaratgan peshonaga nima yozgan bo’lsa, shunisi bo’ladi. Ushbu jahon chempionati men uchun katta tajriba maktabi bo’ldi. Finalda ham chiroyli g’alabam bilan yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchi edim. Afsuski, nasib qilmagan ekan. Xudo xohlasa, endi 2023 yili Toshkentda o’tkaziladigan jahon chempionati, 2024 yilgi Parij Olimpiadasida oltin medal uchun kurashaman.
Fursatdan foydalanib, meni qo’llab-quvvatlab turgan yutdoshlarimizga, Prezidentimiz, O’zbekiston boks federatsiyasi, Milliy Olimpiya qo’mitasi hamda murabbiylarimga rahmat aytaman. Barchangizdan minnatdorman!», – degan Abdumalik.
Bektemir Meliqo’ziyev ushbu post tagiga izoh qoldirdi:
«Kumush medal yutqazdi degani emas. Ukam, sen chempionsan! Oltin medal ham bo’ladi, Xudo xohlasa».