«Manchester Yunayted» mavsumoldi turnesini hujumchi Krishtianu Ronaldusiz boshlaydi.
The Telegraph xabariga ko’ra, portugaliyalik juma kuni jamoa bilan Bangkokga uchmaydi, uning Tailand va Avstraliya safari davomida jamoaga umuman qo’shilishiga ham kafolat yo’q.
Ronaldu oilaviy sabablarga ko’ra qo’shimcha ta’til olgan. U qatorasiga to’rt marta mashg’ulotlarni o’tkazib yubordi. Krishtianuning «Manchester Yunayted» mashg’ulotlariga qachon qo’shilishi noma’lum.
«Manchester Yunayted» 8 iyul kuni Tailand va Avstraliya bo’ylab turga chiqadi.
37 yoshli hujumchi Lissabonda bo’lib turibdi. U Portugaliya terma jamoasi mashg’ulotlar bazasiga tashrif buyurgan.
Ronaldu 2021/22 yilgi mavsum mankunianliklar safida barcha musobaqalarda 39 ta o’yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.