«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o’z xizmatini «Inter»ga taklif qildi.
La Repubblica nashrining xabariga ko’ra, portugaliyalik futbolchi atrofidagi yaqinlari orqali nafaqat «Roma», balki «Inter»ga ham o’z xizmatini taklif etgan.
«Nerazzurilar» 37 yoshli hujumchining taklifni rad etgan. Milanliklar Ronalduning «Manchester Yunayted»da oladigan yiliga 20 million yevrolik maoshini to’lay olmaydi. Bundan tashqari, Romelu Lukakuning klubga qaytayotgani ham «Inter»ning qaroriga ta’sir o’tkazgan.
Hozirda italyan klubi «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.
Avvalroq Krishtianu faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Keyinchalik «Bavariya» ham uni o’z safiga qo’shib olishga harakat qilishi haqida xabar berilgandi. Ammo myunxenliklar sport direktori Hasan Salihamijich mish-mishlar haqiqatga to’g’ri kelmasligini aytib o’tdi.
Ronaldu 2021/22 yilgi mavsum mankunianliklar safida barcha musobaqalarda 39 ta o’yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.