Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr»dan ketadimi?

Portugaliyalik futbolchi, «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etishga qaror qildi va Madridga qaytmoqchi.

Bu haqda El Nasional xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 38 yoshli hujumchi allaqachon «Al-Nasr»da o’ynashdan charchagan va Saudiyada yashashga moslasha olmayapti. Ronaldu faoliyatining eng yaxshi yillarini «Real»da o’tkazgan va o’zini juda baxtli his qilgan Madridga qaytishni istaydi, deyiladi OAV xabarida.

Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi tugaganidan keyin 2022 yilning noyabrida jamoasiz qolgandi.

2 yanvar kuni u «Al-Nasr» futbolchisiga aylandi, shartnomaga ko’ra uning maoshi yiliga 200 million yevroni tashkil qiladi. Portugaliyalik va uning oilasi uchun qo’shimcha bonuslar ham xabar qilingan.