Og’ir vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Keyn Velaskes bir yarim oy avval qurolli to’qnashuv sodir etgani uchun hibsga olingandi.
Bugun jangchi ilk bor bo’lgan voqea haqida fikr bildirdi.
«Meni qo’llab turgan barchadan bir umr minnatdorman. Har biringizning mehringiz uchun kattakon rahmat. Sizlarning so’zlaringiz menga kuchli bo’lishga va barchasini yengishga ko’mak bermoqda. Bo’lgan voqea juda ham og’ir tarixga ega. Yaratgandan haqiqat qaror topishini iltijo qilaman. Hech qachon oilam va yaqinlarim uchun kurashishdan to’xtamayman. Barchaga rahmat»,-deb fikr bildirgan Velaskes.
RIA Novosti
Izohlarni ko`rish