Mashhur italiyalik sobiq hujumchi Antonio Kassano Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o’rtasidagi raqobat haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
«Men Ronalduni hurmat qilaman, lekin futbolchi sifatida uni yoqtirmayman. Messiga kelsak, u Diego Maradonaga o’xshaydi. Leo Argentinani 14 yoshida tark etdi va jiddiy jismoniy muammolarga duch keldi. Shuning uchun, qandaydir qurbonlik haqida gapirganda, buni yodda tuting», – dedi Antonio Muschio Selvaggio bilan suhbatda.
Ronaldu yangi mavsumni yomon boshladi. Portugaliyalik hujumchi o’nta o’yinda bitta penalti tepgan. Messi esa mavsumdagi 13 ta o’yinda 18 ta samarali harakatni amalga oshirgan.
Izohlarni ko`rish