TyC Sports nashri jurnalisti Gaston Rekondo nashr saytida «PSJ» hujumchisi Lionel Messi va muxlislar hamda klub rahbariyati o’rtasidagi vaziyat haqida maqola yozdi. Muallif yulduz forvardni himoya qilib, parijliklar jamoasi hech qachon Messi kabi buyuk bo’la olmasligini aytdi.
«Messida ko’pchilikda yetishmaydigan to’plar bor. Agar tilimda biroz qo’pol bo’lsa uzr so’rayman, lekin butun umrini boshqalarni hurmat qilish ustiga qurgan insonga nisbatan hurmatsizlikka endi toqat qilmaydiganlardanman. «PSJ» bir kun kelib Chempionlar ligasida g’alaba qozonishi mumkin. Ertami-kechmi bu sodir bo’lishi mumkin. Ammo «PSJ» hech qachon Lionel Messi kabi buyuk bo’la olmaydi va umrining oxirigacha ham shunday bo’ladi. Baxtsizliklaringiz bilan qoling. Siz hech qachon eng yaxshisiga loyiq bo’lmagansiz» – deb yozgan Rekondo.