JCh-2022da yana bir sensatsiya! Yaponiya Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi

Ayni damda Qatarda davom etayotgan jahon chempionati guruh bosqichi o’yinlari davom etmoqda.

Hozirgina yakuniga yetgan o’yinda Yaponiya Germaniya terma jamoasini 2-1 hisobida mag’lub etdi. Dastlab nemislar hisobni ochgan bo’lsa, keyin qit’adoshlarimiz ikkita gol urib, g’alabani ilib ketdi va sensatsiya qayd etdi.

Eslatib o’tamiz, kecha Argentina Saudiya Arabistoniga xuddi shu hisobda mag’lub bo’lgandi.