Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida shaxmat bo’yicha “28th Abu Dabi International Chess Festival” xalqaro turniri yakunlandi.
Nufuzli musobaqada 31 mamlakatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi g’oliblik uchun dona surdi. Ular orasida FIDE tasnifida yuqori o’rinlarni egallab turgan xitoylik Vang Xao (2735 reyting ochkosiga ega), rossiyalik Yevgeniy Tomashevskiy (2702), Hindiston vakili Arjun Erigaisi (2689) kabi nomdor grossmeysterlar ham bor edi.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, xalqaro turnirda qatnashgan iste’dodli shaxmatchimiz Javohir Sindorov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg’ardi va yakunda ikkinchi o’rinni egalladi. Birinchi o’rinni esa 7,5 ochko jamg’argan hindistonlik Arjun Erigaisi egalladi. Kuchli uchlikka Niderlandiya vakili Jorden Van Forest yakun yasab berdi.
Abu-Dabi turnirida yana bir nechta shaxmatchimiz o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazdi. Unga ko’ra, Nodirbek Yoqubboyev 6,5 ochko bilan beshinchi o’rindan joy olgan bo’lsa, 6 ochko jamg’argan Shamsiddin Vohidov yigirmanchi pog’onani band etdi.