O’zbekiston terma jamoasining 10 nafar bokschisi Ispaniyada bo’lib o’tayotgan o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionati yarim finaliga yo’l oldi.
Kecha 4 nafar vakilimiz chorak final janglarini o’tkazdi va quyidagi natijalarni qayd etdi:
– 80 kg vaznli bokschimiz Rahmatillo Boymatov chorak finalda gretsiyalik raqibga qarshi jangda g’alabaga erishdi – 4:1.
– 75 kg vazn toifasida Sahobat Husanova 2-raundda ekvadorlik raqibasini texnik nokautga uchratdi.
– 57 kg vazn toifasida Baxtiyor Asadov Marokash vakilini mag’lub etdi.
– 71 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev turkiyalik raqibidan ustun keldi va g’alaba qozondi.
Izohlarni ko`rish