Ispaniya Superkubogiga oid statistika va faktlar

“Real” o’z tarixidagi 95-sovrinni yutdi. “Barselona” hisobida 96 ta sovrin bor;

 

▫️Madridliklar o’zi ishtirok etgan so’nggi 13 finalning 12 tasida g’alaba qozondi. Ularning uchtasi Superkubok finali;

 

▫️“Real” Ispaniya Superkubogida 12-marta g’alaba qozondi. Faqat “Barsa” bu borada Madrid klubidan yaxshiroq natijaga (13) ega;

 

▫️Madrid jamoasi bir o’yindan iborat final bahslarida ketma-ket 5 ta mag’lubiyatdan keyin ilk bor “Atletik”ni mag’lub etdi;

 

▫️“Real” Kroos, Modrich va Kazemiro triosi harakat qilishni boshlagan 2015/16-yilgi mavsumdan beri 13 ta sovrin yutdi.