Rossiyaning Samara shahrida 25 mart, shanba kuni aralash yakkakurashlar bo’yicha Ural FC musobaqasi o’tkazildi.
Musobaqaning asosiy kardida o’zbekistonlik kikbokschi Husanxon Baratov oktagonga ko’tarildi. Ung Rossiya vakili Shamil Abbosov raqib bo’ldi.
Jang kikboksning K-1 qoidalari bo’yicha o’tkazildi. Birinchi raundda Baratov raqibiga bir nechta sezilarli zarbalar yo’lladi. Ikkinchi raund boshida Husanxonning kuchli qo’l zarbasidan keyin Abbosov nokdaun holatiga tushdi. Natijada hakam jangni to’xtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa Baratov Ural FC promoushenidagi debyut jangini g’alaba bilan yakunladi.
Turnirning asosiy jangida Vyacheslav Datsik birinchi raundda Jeronimo Dos Santosni texnik nokaut bilan mag’lub etdi.
Izohlarni ko`rish