Eron terma jamoasi futbolchilari Qatardagi jahon chempionatida Angliyaga qarshi o’yindan oldin mamlakat madhiyasini kuylashdan bosh tortishdi.
Ular bu harakat orqali mamlakatda ikki oydan buyon davom etayotgan va hukumat tomonidan shafqatsizlarcha bostirilayotgan namoyishlarni qo’llab-quvvatlashdi va hukumatga noroziliklarini ifoda etishdi.
Jamoa sardori Alirizo Jahonbaxsh bir kun oldingi matbuot anjumanida madhiyani kuylash yoki kuylamaslik bo’yicha qarorni jamoaning barcha futbolchilari birgalikda qabul qilishini aytgandi.
Stadionda yig’ilgan muxlislar futbolchilarning bu aksiyasini olqishlar bilan qarshilashdi.
_Eronda namoyishlar sentyabr oyi oxiridan buyon davom etmoqda. Namoyishlar 22 yoshli Mahsa Aminiyning politsiya tomonidan qo’lga olingach, vafot etishi ortidan boshlangan. Ma’naviyat politsiyasi uni hijobni «noto’g’ri» kiygani uchun qo’lga olgandi. Kuchishlatar tuzilmalar aksiyalarni shafqatsizlik bilan bostirmoqda; 19 noyabr holatiga, huquq himoyachilari ma’lumotiga ko’ra, kamida 378 kishi kuchishlatar organlar harakatlari oqibatida halok bo’lgan.