Eldor Shomurodov yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

O’zbekiston terma jamoasi va «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov jurnalistlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi uchun so’rovnomada Husayin Norchayev, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov nomzodlari o’rin olgan edi. Ovoz berish natijalariga ko’ra, Shomurodov eng yaxshi deb topildi hamda maxsus sovrin bilan taqdirlandi.