Qatardagi futbol bo’yicha jahon chempionatining birinchi turida E guruhi vakillari Ispaniya va Kosta-Rika o’zaro to’qnashdi.
Guruhdagi boshqa bir o’yin — Germaniya-Yaponiya (1:2) to’qnashuvidagi kabi sensatsiya yuz bermadi: ispanlar kosta-rikaliklarni yanchib tashlashdi.
Dastlabki golni Dani Olmo 11-daqiqadayoq raqib darvozasiga joyladi. Oradan 10 daqiqa o’tib Marko Asensio o’zini ko’rsatdi. Ferran Torres dublga erishdi. Ispaniya terma jamoasining mundiallar tarixidagi eng yosh futbolchisi Gavi eng yosh gol urgan futbolchisi ham bo’ldi. Keyin Karlos Soler va Alvaro Morata bittadan golni o’z hisoblariga yozib qo’yishdi.
Ispaniya – Kosta-Rika 7:0
Gollar: Dani Olmo (11), Marko Asensio (21), Ferran Torres (31 – pen., 54), Gavi (74), Karlos Soler (90), Alvaro Morata (90+2).