Serbiyaning Belgrad shahrida bo’lib o’tayotgan boks bo’yicha erkaklar o’rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kunida uch nafar charm qo’lqop ustamiz ringga ko’tariladi.
Dastlab Odiljon Aslonov (80 kilogramm) tanzaniyalik Yusuf Changalayevga qarshi bahs olib borsa, Hasanboy Do’smatov (51 kilogramm) qozog’istonlik Saken Bibosinov bilan bellashadi.
Shuningdek, Saidjamshid Jafarov (75 kilogramm) chempionatdagi ilk jangini slovakiyalik Fernezaga qarshi o’tkazadi.
Eslatib o’tamiz, terma jamoamiz tarkibida birinchi bo’lib ringga Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (67 kilogramm) ko’tarildi va irlandiyalik Brendan Makkivini yengdi.
Izohlarni ko`rish