Bugun Shahram G'iyosov ringga ko'tariladi

Serbiyada o’tayotgan boks bo’yicha jahon chempionatida bugun, 29 oktyabr kuni 4 nafar bokschimiz ringga ko’tariladi.

Musobaqa doirasida vazni 52 kilogrammgacha bo’lgan bokschilar o’rtasidagi bahslarda Shaxobiddin Zoirov mezbonlar vakili Tamir Galanovga qarshi jang o’tkazsa, Madiyar Saidraximov 92 kilogrammgacha vaznda bolgariyalik Vladislav Smaxlikauni sinovdan o’tkazadi.

 

Shuningdek, bugun Abdumalik Xalakov – Jasin Lyama (Makedoniya), Shahram G’iyosov – Aslanbek Shimbergenov (Qozog’iston) o’rtasidagi bellashuvlarga ham guvoh bo’lamiz.

 

Eslatib o’tamiz, kuni kecha Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (67 kilogramm) ikkinchi davrada falastinlik Ahmed Hararani 5:0 hisobida yengdi.