Brunu Fernandesh Ronalduning shevasi haqida gapirdi

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning portugalcha shevasini tushunish qiyinligini aytdi.

«Inliz tilini bilsam-da, gohida Lingard va Reshfordning nima haqida gapirayotganini tushunish qiyin. Portugal tilida ham shunday. Krishtianu Ronaldu, men va Diogo Dalot turli shevada gapiramiz.

Krishtianuning shevasini tushunish qiyin. U portugal tilining eng yomon shevasida gapiradi. Ronaldu Madeyradan. Ishoning, portugaliyaliklar bu orolliklar nima haqida gapirayotganliklarini tushunishmaydi», – deydi Fernandesh Manchester Evening News bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Brunu Portugaliyaning Maya shahridan bo’lsa, Krishtianu Madeyra orolida tug’ilgan. Har ikki o’yinchi ham «Sporting» tarbiyalanuvchisi sanaladi.

sports.ru