Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo’yicha jahon chempionati start oldi. Musobaqada hamyurtlarimiz orasida birinchi bo’lib bahsga kirishgan Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (-67 kg) dastlabki bahsni ishonchli o’tkazdi.
Irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi ringga ko’tarilgan farg’onalik bokschimiz jang davomida to’liq ustunligini namoyish etdi. Yakunda bu hakamlarning qarorida ham aks etib, Mo’ydinxo’jayevning 5:0 hisobidagi g’alabasi e’lon qilindi. Hamyurtimiz keyingi bosqichda falastinlik Xararaga qarshi bahs olib boradi.
olympic.uz
Izohlarni ko`rish