Bokschi Shohjahon Abdullayev 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

Tailandning Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo’lgan bokschilar o’rtasida Osiyo chempionati bo’lib o’tmoqda.

-86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Shohjahon Abdullayev qozog’istonlik raqibi Togambay Sagindikni 1-raunddayoq nokautga uchratib, yarim finalga yo’l oldi.