Bugun, 25 oktyabr kuni Serbiya mezbonlik qilayotgan boks bo’yicha navbatdagi jahon chempionatiga rasman start berildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Ushbu jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun terma jamoamiz ham to’liq tarkib bilan jo’nab ketdi.

 

Kecha, 24 oktyabr kuni jahon chempionatining ochilish marosimi va musobaqa uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.

 

Ochilish marosimiga jahon boksi olamidagi yulduzlar, hususan, Olimpiada chempioni hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham AIBA tomonidan mehmon sifatida taklif etilgan.

 

Bugun, musobaqaning ilk kunida -67 kg vazn toifasida harakat qiluvchi Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev o’z jangini o’tkazadi.