«Biz kurashni davom ettiramiz»

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o’z ijtimoiy tarmoqlarida Saudiya Arabistoni Qiroli kubogi yarim finalidan o’rin olgan «Al-Vahda» bilan o’yindagi mag’lubiyatdan (0:1) so’ng post qoldirdi.

«Biz kurashni davom ettiramiz va keyingi o’yinlarga tayyorgarlik ko’rish uchun astoydil harakat qilamiz», – deb yozadi Ronaldu.

“An-Nasr” joriy mavsumda hozircha birorta ham sovrin yuta olmadi. Chempionat yakunlanishiga 6 tur qolganda jamoa turnir jadvali peshqadami “Al-Ittihod”dan 3 ochko ortda qolmoqda.