«Barselona» Lionel Messining ehtimoliy qaytishi ustida faol ishlamoqda. Ispaniyaning Sport.es nashri jurnalistlariga ma’lum bo’lishicha, «ko’k-anorranglilar» futbolchining qaytish muddatini belgiladi. Klub Messining AQShdagi mavsumoldi turnesi boshlanishidan oldin qaytishini istamoqda. U 19 iyuldan 30 iyulgacha bo’lgan muddatga mo’ljallangan.
Ayni damda Messi «PSJ» bilan mavsumni yakunlash haqida o’ylamoqda. Amaldagi shartnoma 35 yoshli argentinalik futbolchini Liga 1 giganti bilan iyun oyi oxirigacha bog’laydi.
Xabaringiz bor, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etgandi. O’shanda kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklar tufayli yulduziga yangi shartnoma taklif qila olmadilar.
Izohlarni ko`rish